Obodonlashtiraman deb talon-taroj qildi: Navoiyda 3,6 mlrd so‘mlik jinoyat fosh etildi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy shahar va Karmana tumani “Obodonlashtirish” boshqarmalari mansabdorlari 500 ming so‘mlik projektorlar donasini qariyb 1,5 mln so‘mdan sotib olishgan

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Navoiyda “Obodonlashtirish” boshqarmalari rahbarlarining 3,6 mlrd so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida o‘lgan odamlar nomidan pensiya olib kelgan shaxslar ushlandi

Xabarda yozilishicha,  o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda  Navoiy shahar va Karmana tumani “Obodonlashtirish” boshqarmalari mansabdorlari sheriklari bilan til biriktirib, “P.Service”, “N.Invest”, “I.Service”, “G.Service” hamda “I.Avalon” nomli MChJlardan o‘rtacha bozor narxi 256,8 ming so‘m bo‘lgan “S.Street Light-100 W” projektorlarini 922,0 ming so‘mdan va o‘rtacha bozor narxi 556,7 ming so‘m bo‘lgan “S.Street Light-200 W” rusumli projektorlarini 1,4 mln so‘mdan xarid qilishgani aniqlangan.  Ular jami 3,6 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar va Karmana tumani “Obodonlashtirish” boshqarmalari mansabdor shaxslari hamda yuqoridagi MChJlarning rahbarlariga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0