Toshkent viloyatida oʻlgan odamlar nomidan pensiya olib kelgan shaxslar ushlandi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Firibgarlar vafot etgan 142 nafar fuqarolarning nomidan oʻzlari imzo qoʻyib, sakson besh million soʻmdan ortiq pensiya pullarini oʻzlashtirishgan

TOSHKENT, 29 fev - Sputnik. Toshkent viloyati Piskent shahrida vafot etgan fuqarolarning nomidan pensiya mablagʻlarini
oʻzlashtirish holati fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Monetы i denejnыe znaki, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Firibgarlar moliyaviy piramidalar yaratishning nostandart usullaridan foydalanmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi oʻtkazgan tergovga qadar tekshiruvga koʻra, tuman pensiya jamgʻarmasi boʻlimi bosh inspektori SH.M., "Xalq banki" filiali sayyor kassa kassiri U.X. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, har oyda pensiya pullari tarqatish uchun tuziladigan toʻlov qaydnomalariga vafot etganligi kiritilgan fuqarolarning pensiya pullarini davlat foydasiga qaytarmay kelishgan.

"Toʻlov qaydnomalariga vafot etgan 142 nafar fuqarolarning nomidan oʻzlari imzo qoʻyishib, 85,8 mln. soʻm pensiya pullarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishganliklari aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Jamshid Qoʻchqorov pensiya yoshi oshirilishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi >>>

Mazkur holat yuzasidan SH.M., U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0