DBQ musiqa asbobini olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro videomurojaati yuzasidan izoh berdi

Obuna bo‘lish
Fuqaro Dilshod Nazarov Facebook’dagi sahifasida videomurojaat bilan chiqib, o‘ziga tegishli bo‘lgan violonchel cholg‘u asbobini O‘zbekistondan olib chiqib keta olmayotganligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. DBQ violonchel cholg‘u asbobi olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro Dilshod Nazarovning videomurojaati yuzasidan munosabat bildirdi.

Obezyani, kotorix pitalis perevezti cherez granitsu - Sputnik O‘zbekiston
Baliq ozuqasi o‘rniga noyob maymunlar - Toshkent viloyatida aniqlangan holat

Xabarda aytilishicha, 2020-yil 2-mart kuni fuqaro Dilshod Nazarov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali videomurojaat bilan chiqib, o‘ziga tegishli bo‘lgan violonchel cholg‘u asbobini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib keta olmayotganligini ma’lum qilgan.

DBQ fuqaro D.Nazarovning videomurojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qildi.

Joriy yil 2-mart kuni soat taxminan 05:40 larda “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” uchib ketish zalida “Toshkent-Frankfurt” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro Dilshod Nazarov bojxona xodimi  tomonidan bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

“Og‘zaki so‘rov natijasida fuqaro D.Nazarov XIX asrga tegishli bo‘lgan musiqa asbobi (violonchel) borligini va ushbu musiqa asbobini o‘zi bilan birga Germaniyadan Toshkent shahrida xayriya konserti o‘tkazish uchun vaqtincha olib kelganligini ma’lum qilgan. Bojxona xodimi ushbu musiqa asbobini olib chiqish uchun Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini talab qilgan.

D.Nazarov bojxona xodimiga sanab o‘tilgan hujjatlarning birortasini ham taqdim eta olmasligini aytgan. Olib chiqish uchun asos bo‘lmaganligi uchun bojxona xodimi ushbu musiqa asbobini olib chiqishga ruxsat bermagan”, - deyilgan xabarda.

Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati sobiq bojxona xodimi qamoqqa olindi

Dilshod Nazarov bilan bog‘liq holatda “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimi  madaniy boyliklar yuzasidan soha mutaxassisi bo‘lmaganligi sababli yo‘lovchiga tegishli cholg‘u asbobining madaniy boyliklar sirasiga kirishi yoki kirmasligini aniqlash yuzasidan Madaniyat vazirligining aeroport hududida xizmat olib borayotgan vakolatli mutaxassisiga murojaat qilgan. Shuningdek, mazkur mutaxassis va yo‘lovchi Dilshod Nazarovning telefon orqali muloqotini tashkillashtirgan.

O‘zaro suhbat davomida Madaniyat vazirligining mutaxassisi ushbu  cholg‘u asbobi madaniy boylik hisoblanishini va uni sertifikat olgandan keyingina olib chiqish mumkinligini to‘g‘risida ma’lumot bergan.

DBQ bojxona posti xodimi o‘z xizmat vakolatlaridan chetga chiqmaganligi va amaldagi qonun doirasida harakat qilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, murojaat muallifiga madaniy boyliklarni olib chiqish masalasi yuzasidan Madaniyat vazirligiga murojaat qilish lozimligini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0