Samarqand, olg‘a: yilning eng kutilgan poygasi tafsilotlari

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSamarkand polumarafon
Samarkand polumarafon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand yarim marafoni ishtirokchilari shaharning diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga qamrab olgan yo‘nalish bo‘yicha yugurib o‘tishadi.

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Ushbu yilning 1-noyabr kuni Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi matbuot xizmati.

Samarkandskiy polumarafon-2019 - Sputnik O‘zbekiston
"Sog‘lom bo‘lay desang - yugur!": Samarqand xalqaro yarim marafonining yorqin lahzalari

Musobaqa ishtirokchilari Samarqandning barcha diqqatga sazovor joylarini ko‘rishga imkon beruvchi yo‘nalish bo‘ylab yugurib o‘tadilar. Shuningdek, yarim-marafon ishtirokchilar uchun chegirmalar taqdim etilishi ham aytib o‘tilgan.

Tez orada loyiha veb-saytida hamma uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2019-yilda yarim marafonda 25 mamlakatning tajribali yuguruvchilari qatorida yangi yuguruvchilar ham ishtirok etishgan, ular uchun uchta masofa ko‘zda tutilgan: 21 km, 10 km va 2 km.

Samarkand Half Marathon nafaqat sport musobaqasini, balki madaniy-ma’rifiy dasturni ham o‘z ichiga olgan tadbirdir. Loyihaning asosiy maqsadi madaniy va san’at obyektlariga kirish va qo‘shilish muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini ommaviylashtirish.

Yangiliklar lentasi
0