Jamiyat

Mahalla va oila: Mamatov yangi tashkil etilgan vazirlik haqida

© SputnikRaxmat Mamatov
Raxmat Mamatov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi vazirlik mahalla raislarining faoliyati samaradorligining oshishida va ularning oʻz vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlariga koʻmaklashadi.

TOSHKENT, 2 mart — Sputnik. Prezident farmoni bilan tashkil etilgan yangi vazirlik xotin-qizlar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahallalardagi obodonchilik ishlarini tashkil etish va hududlardagi jinoyatchilikni kamaytirishga hissa qoʻshadi. Bu haqda AOKAda matbuot anjumani oʻtkazildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Mujchina zakrыvayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

Joriy yilning 2 mart kuni Oʻzbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda endi faoliyat yurita boshlagan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatovning  taʼkidlashicha, endilikda mahalla raislari 5 yilga saylanib, ularga 3 nafar oʻrinbosarlar ham tayinlanadi. Mahalla raislari bir vaqtning oʻzida  viloyat hokimlarining oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi. Yangi qaror bilan mahalla raisining vakolati 3 yildan 5 yilgacha uzaytirilgan.

Profilaktika inspektori esa bundan buyon mahalla raisining huquq tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib, mahalla ichki ishlar organlari bilan bir joyda, hamkorlikda faoliyat yuritadi.  

Bundan tashqari aholi muammolarini aniqlash, jamoatchilik nazorati va mahallalar mavqeini oshirish, hududlardagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish vazifalari yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari vakolatiga kiradi.

Shuningdek, vazirlikning hududiy boshqarma va boʻlimlari boshliqlari hokim oʻrinbosari, Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi esa ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.

Taʼkilanishicha, ayni paytda mamlakatda 9121 ta fuqarolar yigʻinlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0