TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Eron ayollar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Masuma Ebtekar koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda RIA Novosti IRNA agentligiga asosan xabar qildi.
Vitse-prezident maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan tahlil bu tashxisni tasdiqladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan kasallangan kishilarning soni 245 nafarni tashkil qildi, ulardan 26 nafari vafot qildi.
Eng ko‘p holatlar Tehron va Gilyan viloyatlarida qayd etildi. Payshanba kuni eng ko‘p kasallanish 100 ta holat aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergandik.
Koronavirus - so‘nggi ma’lumotlar
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pnevmoniyaga chalinganlar soni 80 ming kishidan oshdi. O‘lganlar soni 2770. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi. Epidemiya 29 mamlakatga tarqaldi. JSST epidemiyani favqulodda holat deb tan oldi. Kasallikka Sovid-2019 rasmiy nom berildi.