Jamiyat

Elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari tashkilotlar hisobidan qoplanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoseщeniye xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovыm predpriyatiya "Uzenergosozlash"
Poseщeniye xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovыm predpriyatiya Uzenergosozlash - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qarorga koʻra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tasniflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda qiyoslashdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 martdan elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari qiyoslashdan oʻtkazgan tashkilotlar hisobidan qoplanadi. Bu Hukumatning 111-sonli qarorida koʻzda tutilgan.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab:

Press-konferentsiya v Ministerstve Energetiki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yil oxiriga qadar aholi 7 million zamonaviy elektr hisoblagichlari bilan taʼminlanadi

- elektr energiyasining barcha isteʼmolchilariga elektr hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi berildi;

- ushbu tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish xarajatlari mazkur tashkilotlarning hisobidan qoplanadi.

Qarorga koʻra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tasniflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda qiyoslashdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, 2020 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari tarkibida  temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexlari va qurilish boʻlinmalari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0