Denovda uy olmoqchi bo‘lgan ayol pul va tilla taqinchoqlaridan ayrildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishPerviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Perviy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgar ayolning 4 ming dollar, 35 890 000 so‘m va bir necha million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirib yuborgan.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Denovda uy olmoqchi bo‘lgan ayolni katta pulga chuv tushirishdi.

Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak yirik mablag‘idan ayrildi

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, G.M. ismli ayol Uzun tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ayol o‘z arizasida 2013-yil iyun oyidan 2018-yil may oyiga qadar “Tojikobod” mahallasida yashovchi X.N. uning ishonchiga kirgani va Denovda  qurilayotgan namunali uylardan sotib olib berishini va’da qilganini bayon qilgan.

Ayolning ma’lum qilishicha,  fuqaro uning 4 ming dollar, 35 890 000 so‘m va 8 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirib yuborgan.

Hozirda firibgarga nisbatan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0