TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkentda “arzon” narxda dollar olmoqchi bo‘lgan erkak yirik mablag‘idan ayrildi.
6 Avgust 2019, 13:08
IIBB xabariga ko‘ra, 41 yoshli A. murojaat qilib, o‘z arizasida 34 yoshli I.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Firibgar ayol unga 460 mln so‘mni bankdan "arzon" narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65.700 AQSh dollarini olib berishini va’da qilgan. Firibgarning so‘zlariga ishongan fuqaro unga 2019-yil yanvar-mart oylarida, umumiy hisobda 460 mln so‘m pulni berib yuborgan.
Internet-firibgarlar o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?
Biroq firibgar ayol va’dasida turmagan va pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
