Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan edi

TOShKENT, 29 fev - Sputnik. Shu kunga qadar qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Buxoro shahrida Bukhara City majmuasi quriladi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlangan va shu munosabat bilan hokim lavozimidan ozod etilgan edi.

Bugun, 29-fevral kuni, viloyatda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilish davomida Aripov O‘zbekiston rahbarining O‘ktam Barnoyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonini o‘qib eshittirgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolovni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanganligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0