TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Buxoro shahrida Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda Bukhara Cityzamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.
Qarorga ko‘ra, Bukhara City hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.
Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy obyektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.