TOShKENT, 28 fev - Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh va "Tolibon" harakati o‘rtasida Bitim imzolash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy taklifga binoan 2020-yil 29-fevral kuni Doha shahrida (Qatar Davlati) bo‘lib o‘tadigan AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida Bitim imzolash marosimida ishtirok etadi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Vashington va "Tolibon" radikal harakati o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni fevral oyi oxirida imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
O‘tgan yil davomida AQSh va toliblar Doxada sakkiz raund muzokaralarni o‘tkazishdi. Tomonlar tinchlik bitimi bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga borgan bir vaqtda toliblar tomonidan sodir etilgan va amerika harbiylari o‘limiga sabab bo‘lgan terakt tufayli hujjat imzolanmay qolgan edi.
Terakt to‘g‘risida xabar topgan AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan "Tolibon" bilan muloqot to‘xtatildi va bitim imzolanishi bekor qilindi, ammo uch oy o‘tgach, muzokaralar qayta tiklandi.