AQSh Suriya neftini ochiqcha talon-taroj qilmoqda - harbiy ekspert

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie SShA.
Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh Suriya neftini ochiqchasiga o‘g‘irlayotganini va shu bilan birga Suriyaga neft olib kirishni ta’qiqlayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQShni Suriyaning neft boyliklarini talon-taroj qilishda aybladi. Harbiy ekspert Viktor Baranes nima uchun Amerika qo‘shinlarining Arab Respublikasida bo‘lishi "nuqtali" xarakteriga ega ekanligini Sputnik radiosining efirida tushuntirdi.

AQSh Suriyadagi neft konlarini ochiqchasiga va andishasiz talon-taroj qilmoqda va shu bilan birga sanksiyalar orqali bu mamlakatga neft yetkazib berishni taqiqlamoqda, dedi Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu.

"Bir tomondan, neft qazib olinadigan neft konlari (hudud) AQSh tomonidan nazorat qilinadi. Suriya davlati va Suriya xalqiga tegishli bo‘lgan boyliklar ochiqchasiga va andishasiz talon-taroj qilinmoqda. Boshqa tomondan, u yerga neft olib kirish taqiqlangan", - dedi armiya generali.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning tinch aholisi aziyat chekmoqda. Odamlarga issiqlik, issiq suv, elektr energiyasi kerak. "Bularning barchasi u yerga yetkazib berilishi taqiqlangan uglevodorodlardan olinadi, va ular o‘zlari hamma joydan ham har doim ham uni qazib olisha olmaydilar", - deya tushuntirdi Shoygu.

Sputnik radiosida "Komsomolskaya pravda" gazetasining harbiy sharhlovchisi, iste’fodagi polkovnik Viktor Baranes AQShning harakatlarini ochiqchasiga talonchilik va bosqinchilik deb atadi.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriya armiyasiga zarba berdi, 62 kishi qurbon bo‘ldi

"Amerika Qo‘shma Shtatlari bu respublikaning qonuniy hukumatining ruxsatisiz Suriyaga o‘z qo‘shinlarini yubordi va ularning barcha harakatlari bosqinchilar harakatiga o‘xshaydi. Ularning IShIDga* qarshi kurashlari soxta bo‘lib chiqdi - ular terrorchilarni bombardimon qilishmadi, ammo shov-shuv ostida ular yangi o‘q-dorilar va raketalarni sinovdan o‘tkazishdi. Agar ular bu yerlarda qurgan bazalar bo‘lmaganda, Amerikaning Suriyadagi mavjudligi sharpalar mavjudligi kabi bo‘lar edi. Ular ulkan neft zaxiralariga ega bo‘lgan bir nechta hududlarni egallab olishib, o‘z bo‘linmalarini bu hududlarga bog‘lab, Suriya neftini tortib sotish bilan shug‘ullanishmoqda. Amalda ular kontrabanda bilan shug‘ullanishmoqda. Agar Suriyaning tabiiy boyliklari xaritasiga qarasak, ularning bazalari "yog‘li" mintaqalar bilan bog‘langanligini ko‘rasiz. Aynan shu holat (prezident Donald) Trampni (Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qaroridan) ushlab turipti. Barcha xalqaro qoidalarga ko‘ra, bu yaqqol ishg‘ol. Ha, bu suveren davlatning yashirin talon-taroj qilishdir", - dedi Viktor Baranes.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik guruhi

Yangiliklar lentasi
0