Rossiyada birinchi ko‘p marotaba ishlatiladigan raketani yaratish ishlari boshlandi

© Press-slujba Roskosmosa / Mediabankka o‘tishSpetsialisti predpriyatiy raketno-kosmicheskoy otrasli
Spetsialisti predpriyatiy raketno-kosmicheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasining (FPI) Ilmiy-texnik kengashi Rossiyaning birinchi ko‘p marotaba ishlatiladigan "Krilo-SV" raketasining uchuvchi namoyishchisini ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasining (FPI) Ilmiy-texnik kengashi Rossiyaning birinchi ko‘p marotaba ishlatiladigan "Krilo-SV" raketasining uchuvchi namoyishchisini ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi, deb xabar beradi jamg‘arma matbuot xizmati RIA Novosti’ga.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini ko‘rsatishga tayyor - Lavrov

"Qaytadigan ko‘p marotaba foydalaniladigan qanotli raketa bloklarining uchish eksperimental namunalar kompleksini yaratish"loyihasi tasdiqlandi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

"Krilo-SV" yengil sinf raketasining ko‘p marotaba foydalaniladigan qanotli bosqichidir, uning dastlabki loyihasi tayyorlangan va 2019-yil 29-mayda FPIda ijobiy baho bilan himoya qilingan. Bu "V.M. Masishev nomidagi EMZ" OAJ boshchiligidagi ishchi guruhi olib borildi.

"Krilo-SV" loyihasi doirasida kelgusi to‘rt yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ovoz tezligidan past namunalarda avtomatik qo‘nish va ovoz tezligidan past parvoz rejimida va ovoz tezligidan yuqori tezliklarda esa namunalar mos ravishda ovoz tezligidan yuqori tez rejimlarda sinovdan o‘tkaziladi. Tadqiqot natijasi sifatida raketa dvigateliga ega to‘liq ishlaydigan namoyishchi bo‘lishi kerak, u namoyishchi stratdan to kerakli balandlikka yetib, qaytish va qo‘nish bilan yakunlanishi kerak, ya’ni barcha sinov siklini yakunlashi kerak bo‘ladi", - deyishdi FPIda.

Avvalroq namoyishchining parvoz sinovlarini boshlanishi, ya’ni uning birinchi to‘liq ishga tushirilishi 2023-yil oxirida rejalashtirilganligi xabar qilingan edi.

Raketaning uzunligi olti metr va diametri 0,8 metrni tashkil qilishi aytilgan edi. Raketa namoyishchisi asl nusxaning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Raketa yuqori tezlik bilan harakatlanadi - 6 Max raqamiga qadar. Uchirishlar Kapustin Yar poligonidan Kaspiy dengizigacha qarata amlga oshiriladi. Raketa uchun maxsus "Vixr" deb nomlangan yangi dvigatel ishlab chiqilmoqda. Roskosmosning SNIImash bosh ilmiy institutida raketani yaratish uchun yangi konstruktorlik burosini yaratish rejalashtirilgan. Parvozni davom ettiradigan ikkinchi bosqich ajralib chiqqanidan so‘ng, birinchi ko‘p marotaba foydalanish mumkin bo‘lgan bosqich o‘z qanotida kosmodromga qaytadi.

Yangiliklar lentasi
0