Rossiya Mudofaa vazirligi Idlibda turk harbiylari bilan bo‘lgan holat haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Idlibda Turkiya harbiylari bilan bo‘lgan holat haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, Rossiya XKKning aviatsiyasi Behun aholi punkti hududida qo‘llanilmagan.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Idlib deeskalatsiya hududida Suriya hukumat kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan turk harbiylari u yerda bo‘lmasligi kerak edi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
Turk harbiylari Rossiya harbiy samolyotlarini o‘qqa tutdi

Vazirlik xabar berishicha, 27-fevral kuni "Xayat Tahrir ash-Shom"* terrorchilik guruhi jangarilari Behun aholi yashash punktida Suriya armiyasi pozitsiyalariga hujum qilishga uringan. Suriya qo‘shinlari javoban bergan zarbalar "terrorchi guruhlarning jangovar guruhlari orasida" bo‘lgan turk qo‘shinlariga ham tekkan.

Shuning bilan, Turkiya tomonining fikriga ko‘ra, bu hududda turk armiyasining biron bir bo‘linmasi bo‘lmagan va bo‘lmasligi ham kerak, deb ta’kidlab o‘tishdi Mudofaa vazirligida.

Jarohatlangan turk harbiylari haqida ma’lumotni olgach, Rossiya tomoni zarba berishni to‘xtatish choralarini ko‘rdi va haloq bo‘lgan va yaradorlarni Turkiya hududiga evakuatsiya qilinishini ta’minladi.

"Rossiya XKKning aviatsiyasi Behun aholi punkti hududida ishlatilmadi", - deya qo‘shimcha qildi harbiy idorada.

O‘tgan tunda Turkiyaning Xatay chegara viloyati gubernatori Rahmi Dogan Suriya armiyasi tomonidan uyushtirilgan havo hujumida 33 nafar turk askari halok bo‘lganini va 36 kishi yaralanganligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Anqara Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga yerusti va havo hujumlarini boshlanganini e’lon qildi.

Turkiyadagi hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik hodisani NATOga "hujum" deb atadi va alyans bilan maslahatlashuvlarni e’lon qildi.

Idlibdagi keskinlik

Yanvar oyi oxirida Suriya armiyasi Idlib va ​​Halab viloyatlariga hujum uyushtirdi, u yerda terroristlar har kuni turar-joy mavzelariga o‘q uzganlar. Bir oy ichida u 600 kvadrat kilometrdan ko‘proq maydonni, Maaret-Nuuman shahrini va M5 trassasini (Damashq - Aleppo) ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Suriya aholisi amerika askarlarini toshbo‘ron qildi - video

Shu fonda, Anqara va uning ba’zi sheriklari Damashq va Moskvani gumanitar nishonlarga va turk harbiylariga zarba berishda ayblashdi. Rossiya va Suriya bir necha bor beqarorlikning sababi terrorchilarning xatti-harakatlari bo‘lganini ta’kidlashdi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidlaganidek, Turkiya Idlib atrofidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha muhim majburiyatlarni bajara olmadi, xususan, hukumat bilan muloqotga tayyor bo‘lgan qurolli muxolifatni terrorchilardan ajratib yubormadi. Anqara esa o‘z majburiyatlarini bajarganligini da’vo qildi.

O‘tgan hafta Erdo‘g‘on Anqara Rossiya bilan muzokaralarda hali qoniqarli natija olmaganini aytib, Idlibda harbiy operatsiya boshlash bilan tahdid qildi. Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni eng yomon ssenariy deb atadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0