Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi

© AP Photo / Asigangprezident mongolii xaltmaagiyn battulga
prezident mongolii xaltmaagiyn battulga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyin Battul belgilangan qoidalarga muvofiq, XXRdan qaytganidan so‘ng karantinga joylashtirildi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyin Battul belgilangan qoidalarga muvofiq, XXRdan qaytganidan so‘ng karantinga joylashtirildi. Bu haqda ma’lumotni prezident administratsiyasi matbuot xizmati RIA Novosti’ga tasdiqladi.

Vitse-prezident Irana po delam jenshin i semi Masume Ebtekar - Sputnik O‘zbekiston
Eron vitse-prezidenti koronavirusga chalingani aniqlandi

Battulga 27-fevral kuni Xitoyga tashrif buyurgan. U Xitoy raisi Si Szinpin va Davlat Kengashining bosh vaziri Li Ketsan bilan muzokara o‘tkazdi.

“Ha, prezident va delegatsiyaning barcha a’zolari karantinga olinganini tasdiqlashim mumkin”, - deb ta’kidladi Mo‘g‘uliston prezident matbuot xizmatining vakili.

Ta’kidlanishicha, delegatsiya tarkibida Tashqi ishlar vaziri, Xitoydagi Mo‘g‘uliston elchisi, FVV bo‘yicha milliy agenlik, prezident administratsiyasi rahbarlari hamda tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan.

Mo‘g‘uliston prezidenti o‘z xalqi nomidan Xitoy yetakchisiga 30 ming qo‘y berilishi haqida sertifikat sovg‘a qildi.

U mamlakat aholisi koronavirusning tarqalishidan xavotirda ekanligini ta’kidladi, chunki mo‘g‘ul-xitoy chegarasi 4700 kilometrdan oshadi.

Prezident “chegarada epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq cheklovlar joriy etildi”, - deb qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0