Lavrov terrorchilar bilan muzokaraga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik zarurati haqida eslatdi

© POOL / Mediabankka o‘tish74-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON v Nyu-Yorke. Den chetvertiy
74-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON v Nyu-Yorke. Den chetvertiy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari "arab bahori"dan so‘ng bosh ko‘targan terrorchilar bilan hech qanday muzokara olib borilmasligi shartligi haqida gapirdi

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Rossiya Yaqin Sharq, shu jumladan, Suriya va Liviyada terrorchilarga qarshi kompromiss bo‘lishiga qarshi chiqadi, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

Vstrecha glavi MID RF S. Lavrova s komanduyushim Liviyskoy natsionalnoy armiyey X. Xaftarom - Sputnik O‘zbekiston
Liviya qo‘mondoni Moskvada tinchlik shartnomasini imzolamadi

"Lyuksemburg bilan kun tartibimizda jahon siyosati, xususan Yaqin Sharq , Afrika shimoli, shu jumladan Suriya va Liviyadagi vaziyatga aloqador boshqa masalalar ham bor. Shu va boshqa holatda ham, xuddi boshqa har qanday mintaqaviy mojarodagi singari,  Rossiya tegishli mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar o‘rtasida inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yish tarafdori, barcha tashqi o‘yinchilar tomonidan tegishli mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi tarafdori. Va, shuningdek, biz 2011-yildan keyin avj olgan "arab bahori"dan so‘ng bosh ko‘targan terrorchilar bilan hech qanday muzokara bo‘lmasligi tarafdorimiz", - dedi Lavrov.

Suriyadagi mojaro 2011-yildan buyon davom etadi. 2017-yil oxirida Suriya va Iroqdagi "ID" terroristik guruhi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida e’lon qilingan edi. Mamlakatlarning alohida tumanlarida jangarilardan tozalash ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda Suriyadagi siyosiy tartibga solish va tiklash ishlari old planga chiqqan. Shuningdek, qochoqlarni qaytarishga ham katta e’tibor berilmoqda.

2011 yilda Liviya yetakchisi Muamar Kaddafiy o‘ldirilgach, Liviya yaxlit davlat sifatida barham topdi. Ayni vaqtda mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik hukm surmoqda. Mamlakat sharqini xalq tomonidan saylangan parlament boshqarsa, G‘arbda, Tripoli poytaxtida BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan milliy hamjihatlik hukumati boshqaruvi o‘rnatilgan.

Mamlakatning sharqiy qismi Tripolidan mustaqil harakat qiladi va marshal Xalif Xaftar armiyasi bilan hamkorlik qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0