Ayrim bozorlarda go‘sht, kartoshka va piyozning narxi ko‘tarildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaso na rinke v Tashkente
Maso na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonning ayrim dehqon bozorlarida go‘sht va sabzavot mahsulotlarining 2020-yil 25-fevraldagi kuzatilgan narxlari e’lon qilindi.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkentning “Mirobod dehqon bozori” da qo‘sh go‘shtining maksimal narxi 68 ming so‘mga ko‘tarilgan. Bu haqda Davlat Statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar go‘sht va kolbasa salomatlik uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi

Qo‘y go‘shtining minimal narxi esa Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori” va Mirobod dehqon bozori”da 39 000 so‘mdan sotilgan. 

Shuningdek, 1 kg mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari)ning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da 36000 so‘mdan qayd etilgan.

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori” da 57 000 so‘mni tashkil etgan.

Sabzavotlardan kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski shahar dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da 1200 so‘m, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da esa 5000 so‘mdan maksimal narxlarda qayd etilgan.

Piyoz mahsulotining minimal narxi Jizzaxning “Jizzax markaziy dehqon bozori” da 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, Urganchning “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 4000 so‘mga qimmat narxlarda kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0