O‘zbekistonda diplomlar bu yildan QR–kod bilan beriladi

© AFP 2023 / StrQR-kod na risovom pole v Kitae
QR-kod na risovom pole v Kitae  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, QR-kod qo‘yish tizimi OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim bo‘ladi.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Oliy  ta’lim - korrupsiyasiz soha" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada joriy yildan O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar QR–kod bilan berilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Konkursniy otbor  na obuchenie v visshix uchebnix zavedeniyax SShA i Yevropi - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirishda kuzatilayotgan qalbakilashtirishdan ogohlantirdi

Majidovning so‘zlariga qaraganda, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish maqsadida 2020-yil yo‘l xaritasidagi vazifalar qaytadan ko‘rib chiqilgan. Bunda yil davomidagi tajriba va qaysi masalalar o‘z yechimini topmaganligi hisobga olingan.

"Bularning ichiga elektron universitet loyihasi doirasida o‘quv jarayonini elektronlashtirish va natijada jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash mexanizmlari kiritildi. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarga QR-kod qo‘yib, shunday diplomlar bu yildan boshlab berilishi ko‘zdan tutilgan", - deya aniqlik kiritdi Majidov.

Ta’kidlanishicha, QR-kod qo‘yish tizimi OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim bo‘ladi.

"Birinchidan, bu juda qulay - axir bu ma’lumotlar bazasi rolini bajaradi. Va bu yangilik joriy etilganidan so‘ng, diplom va baholardan ko‘chirma olish singari muammolar ortda qoladi. Ortiqcha tashvishlar yo‘qoladi. Qolaversa, bu yangilik kiritilishining ikkinchi sababi - bu diplomlarni soxtalashtirish, ularni sotib olish singari salbiy holatlarning oldini olishdir. O‘ylaymanki, kiritilayotgan yangilik ish beruvchilar bilan bir qatorda diplom sohiblarining o‘zlari uchun ham g‘oyatda katta qulaylik yaratadi", - dedi vazir Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Yangiliklar lentasi
0