Dunyoda

Qirgʻizistonda koronavirus tufayli vaqtincha toʻy oʻtkazmaslik taklif qilindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRestoran. Arxivnoye foto
Restoran. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻizistonda deputat koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda toʻy va marosimlarni cheklashni taklif qildi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Qirgʻizistonda Jogorku Kenesh deputati Baktibek Turusbekov koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda toʻy va marosimlarni cheklashni taklif qilda. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

“Hozir biz toʻy va marosimlar oʻtkazmoqdamiz. Agar restoranga hech boʻlmaganda bitta kasallangan kishi kelsa, virusni koʻpchilikka yuqtiradi. Buni toʻxtatib tursa boʻlmaydimi?”, - deya soʻragan deputat parlamentga hisobot berayotib.

Kontseptsiya kostyuma ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Koʻrshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Qirgʻiziston SSV vaziri Kosmosbek Cholponbayev ilgari ham toʻy va marosimlarni vaqtincha toʻxtatib turish taklifi bildirilganini eslatib oʻtdi. Lekin mamlakatda vaziyat barqaror, shuning uchun cheklovlar joriy etilmagan.

“Bunday boʻlmasin, biroq, hech boʻlmaganda bitta fakt qayd etilsa, boshqa mamlakatlardagi singari bolalar bogʻchasi va maktablarni yopishimizga toʻgʻri keladi. Biz bunga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilamiz. Agar tadbirlarni avvaldan taqiqlasak, jamiyat buni qanday qabul qiladi. Biz qonun va xalqaro qoidalar doirasida professional chora koʻramiz”, - dedi Cholponbayev.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 82 ming kishidan oshib ketgan. 2811 kishi vafot etgan, 33 mingdan ziyod kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0