TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. Yaqinda Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovida amaldagi prezident Ashraf Gʻani gʻolib chiqdi, mujohidlar qoʻmondoni, doktor Abdulla Abdulla esa - magʻlubiyatga uchradi. Bu mamlakatda mujohidlar korporatsiyasi taʼsiri tugaganini bildiradi, dedi Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Andrey Serenko.
Ashraf Gani gʻalaba qozonishining sababi esa – u oʻz atrofida “uchinchi kuchni” toʻplay olganidadir.
Ushbu kuchlar oʻtmishdagi hech qanday tafovutlarda ishtirok etmagan na Sovet ittifoqiga qarshi kurashda, na Tolibon safida yoki mujohidlar safida jang qilmagan - afgʻon elitasidir. Ular 40-50 yoshli afgʻon ziyolilari boʻlib, ularning aksariyati yaxshi gʻarbiy bilim olishgan. Ular Afgʻonistonga foyda keltiruvchi har qanday sogʻlom kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Men ularni "yangi afgʻon patriotlari" deb atadim", - deydi Serenko.
Ushbu odamlar bugungi kunda politsiya, harbiylar safida va siyosatda muhim lavozimlarni egallab, Afgʻoniston hayotida faol ishtirok etmoqda.
Ashraf Gʻani oʻzining yoshi kattaroq boʻlishiga qaramasdan oʻz atrofiga ushbu istiqbolli yoshlarni jamlab, ularni boshqara oldi.
Afgʻonistonda endi koalitsiya hukumat boʻlmaydi. Sobiq koalitsiya aʼzolarning koʻpchilligi endi yangi hukumatdan oʻzlariga joy talab qilishni boshlaydi. Shuning uchun Abdulla Abdullaning bugun jar solayotgan, gщyoki mamlakat ichida yangi hukumat tuzish kabi vahimali gaplari – yangi hukumatdan oʻzi uchun kattaroq oʻrin savdolashib olishga qaratilgan. Ashraf Gʻanining jamoasida boʻlmasa ham uning yonida yoki biror kuchliroq koalitsiya tarkibida. Shuning uchun men Afgʻonistonda yaqin orada hech qanday jiddiy toʻqnashuvlar boʻlmaydi deb ishonaman, deydi ekspert.