O‘zbekiston moliya vaziri tayinlandi

© Press-slujba ministerstva finansov Respubliki UzbekistanTimur Ishmetov naznachen Ministrom finansov Respubliki Uzbekistan
Timur Ishmetov naznachen Ministrom finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Timur Ishmetov tayinlovga qadar O‘zbekiston moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik.  Timur Ishmetov O‘zbekiston moliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-fevral kuni tegishli qarorga imzo chekdi.

Ishmetov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Djamshid Kuchkarov - Ministr finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov iqtisod va sanoat vaziri etib tayinlandi - OAV

2017-2019 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rstib kelgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Timur Ishmetov pul-kredit va soliq-budjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini, xalqaro rezervlar va davlat aktivlari hamda investisiyalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini, shuningdek moliyaviy bozorlarni rivojlantirishning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan salohiyatli mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0