Jamshid Qo‘chqorov iqtisod va sanoat vaziri etib tayinlandi - OAV

Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Jamshid Qo‘chqorov 2019-yil fevralida bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri etib tayinlangandi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov egallab turgan lavozimini tark etgan va Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangan. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatidagi manbasiga tayangan holda qator o‘zbek OAVlari xabar bermoqda.

Djamshid Kuchkarov - Ministr finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Raqamli iqtisod nima  – Jamshid Qo‘chqorov javob beradi

Qo‘chqorov angi lavozimda Botir Xo‘jayev o‘rnida ish boshlashi, shu bilan birga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qolishi qo‘shimcha qilingan.

Ayni paytga qadar Hukumatdagi o‘zgarishlar haqida rasman xabar berilgani yo‘q. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rasmiy saytidagi rahbariyat bo‘limida ma’lumotlar yangilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Jamshid Qo‘chqorov (1964 yilda tug‘ilgan) 1993 yildan 1997-yilgacha Markaziy bankda faoliyat yuritgan. 1997-yildan 2020-yilgacha— moliya vazirligida, 2017-yilda Rustam Azimov iste’fosidan so‘ng ushbu vazirlikka rahbar etib tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0