Almazbek Atambayev rafiqasi va o‘g‘illari bilan uchrashdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovSupruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa Atambayeva
Supruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq prezidenning oilasi bilan uchrashuvi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) tergov hibsxonasida bo‘lib o‘tdi. Advokat Atambayev o‘zini qanday his qilayotganini aytdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev rafiqasi Raisa va o‘g‘illari Seyitbek va Qodir bilan uchrashdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev Sputnik Qirg‘izistonga ma’lum qildi.

“Uchrashuv seshanba, 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Almazbek Sharshenovich o‘zini yaxshi his qilmoqda, sog‘lig‘idan shikoyat qilmayapti”, - dedi advokat.

Eks-prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘z maqsadiga erishdi – sudya qaror qabul qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev Qo‘y-Toshda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz,  7 avgust kuni Qirg‘iziston maxsus topshiriqli bo‘linmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Ko‘y-Tosh qishlog‘ida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qo‘lga olishga urinib, maxsus amaliyot o‘tkazishdi. Biroq uddasidan chiqa olishmadi, chunki sobiq prezidentning tarafdorlari qattiq qarshilik ko‘rsatishdi. Ushbu hodisalar natijasida bir harbiy halok bo‘ldi. 8-avgust kuni uni qo‘lga olish amaloti takroran o‘tkazildi. Natijada siyosatchi taslim bo‘ldi. Hozirda Atambayev va uning bir necha tarafdorlari hibsga olingan va jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0