Jamiyat

Smartfon orqali kuzatuvdan himoyalanish usullari aytildi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka oʻtishDvijeniye avtobusov Tashkenta teper mojno otslejivat
Dvijeniye avtobusov Tashkenta teper mojno otslejivat - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ekspert taʼkidiga koʻra, ishlab chiqaruvchilar tomonidan telefon ichiga oʻrnatilgan xavfsizlik texnologiyalari yildan-yilga takomillashtirilmoqda. Smartfon tanlashda xavfsizlik patchlariga eʼtibor berish kerak, deb maslahat beradi u.

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Juda koʻpchilik insonlar oʻz telefoniga ularga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni ochiq bazaga chiqarib yuboradigan, suhbatlarni eshitadigan va harakatlarni kuzatadigan ilovalarni yuklab oladilar. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Group-IB kompyuter kriminalistikasi laboratoriyasi rahbari oʻrinbosari Sergey Nikitin aytib oʻtgan. RIA Novosti xabari asosida.

Samsung s neobыchnoy selfi-kameroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ortingizdan shaxsan Kim Chen In "kuzatadi"

Uning aytishicha, smartfon uchun eng keng tarqalgan tahdid bu – telefonning eʼtiborsiz egasidir. Brauzer orqali yuklab olingan ilovalar esa asosiy zararlanish manba sanaladi.

"Izlash tugmasi birinchi oʻrinda rasmiy sayt nomini emas, reklamani topadi. Bu maʼlumotlar firibgarlar tomonidan sotib olinadi va telefon yordamida havola orqali oʻtib, siz zarar yetkazuvchi APK fayllarni yuklab olgan boʻlasiz", – deydi Nikitin.

"Kasperskiy laboratoriyasining" antiviruslar boʻyicha eksperti Viktor Chebыshev Nikitin fikrlariga qoʻshiladi. Chebыshev yovuz niyatlilar zarar yetkazuvchi fayllarni ommabop ilovalar koʻrinishiga keltirishlarini aytadi.

"2019 yilda troyan viruslari koʻproq fotosuratlarni qayta ishlovchi dastur koʻrinishida boʻlgan", – deydi u.

Jamiyat
Tovushi oʻchirilgan smartfon ham miya faoliyatiga xalal beradi

Shuningdek, firibgarlarga uskuna ekranini koʻra oladigan, masofadan boshqarish ilovasi ham juda qoʻl kelmoqda.

"Yovuz niyatli shaxs avvaliga sizdan dasturni yuklashni soʻrab, soʻngra sizning nomingizdan moliyaviy operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Koʻpgina banklar bir martalik push-ogohlantirishlarni koʻrsatadi, shu bois, uni telefon ekranida koʻrish katta muammo tugʻdirmaydi", - deb hikoya qiladi Group-IB vakili.

Nikitin antivirus tanlovida mashhur brendlarni tanlagan maʼqulligi, chunki "feyklar" juda koʻpligini qoʻshimcha qildi.

Ekspert fikricha, agar ilova administratorlik funktsiyalarini talab qilayotgan boʻlsa, hushyor boʻlish lozim. Shuningdek, ogohlikka chaqiruvchi signallardan yana biri bu - "maxsus imkoniyatlar" (imkoniyati cheklangan odamlar uchun servis) funktsiyasidir.
Nikitinning aytishicha, ishlab chiqaruvchilar tomonidan telefon ichiga oʻrnatilgan xavfsizlik texnologiyalari yildan-yilga takomillashmoqda. Smartfon tanlashda xavfsizlik patchlariga eʼtibor berish kerak, deya maslahat berdi u.

Ekspertning aytishicha, 2019 yilning noyabridan keyin ishlab chiqarilgan patchlar xavfsiz hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0