Skolkovo olimlari O‘zbekistonga suvni tozalashga yordam beradi

© Press-slujba xokimiyata g. Tashkentna forume "Otkritie Innovatsii"
na forume Otkritie Innovatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Skolkovo markazi olimlari O‘zbekistonga suvni tozalash va turistlarni jalb qilishda yordam beradi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. O‘zbekiston Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Skolkovo olimlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, vazirlik paydo bo‘lgan muammolar bo‘yicha o‘z so‘rovlarini yuborishi va Skolkovo o‘z navbatida ularga innovatsion yechimlarni taqdim etadi. 

Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston turizm eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida Maldivni ortda qoldirdi

Undan tashqari, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ham Skolkovo rezidentlaridan biri bilan ham hamkorliq qilishga kelishib olishdi: mamlakatga kirayotganda, chet ellik sayyohga favqulodda turistik ID karta taqdim qilinadi va shu kartada turist haqida barcha ma’lumotlar yozib olinadi va keyinchalik favqulotda holatlarda tahrirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov "Skolkovo" jamg‘armasining mintaqaviy rivojlanish va MDH bilan hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidentning o‘rinbosari Aleksandr Okunev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar MDHga a’zo davlatlar Davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturining vazifalarini amalga oshirish va 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ushbu dasturning maqsadlarini aniqlash masalalarini muhokama qildilar.

Yangiliklar lentasi
0