O‘zbekiston turizm eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida Maldivni ortda qoldirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande
Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 4-o‘rinni egalladi. Maldiv orollari 14,9 foiz bilan 9-o‘rinda qayd etildi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga sayyohlar tashrifi ortib bormoqda

Turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar reytingida birinchi o‘nlik quyidagicha: 1.Myanma (40,2 foiz), 2. Puerto-Riko (31,2 foiz), 3. Eron (27,9 foiz), 4. O‘zbekiston (27,3 foiz), 5. Chernogoriya (21,4 foiz), 6. Misr (21,1 foiz), 7. Vyetnam (16,2 foiz), 8. Filippin (15,1 foiz), 9. Maldiv orollari (14,9 foiz), 10. Bagam orollari (14,6 foiz).

Keyingi o‘rinlarda Bagam orollari, Qatar, Armaniston, Janubiy Koreya, Turkiya, Bosniya va Gersegovina, Tunis, Laos, Ozarbayjon, Isroil, Litva va Qozog‘iston qayd etilgan.

UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2025-yilda sayyohlar sonini 12 millionga yetkazmoqchi ekani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0