Janubiy Koreyada diniy sekta a’zosi bo‘lgan ayol yuzlab kishilarga koronavirus yuqtirdi

© AP Photo / Ahn Young-joonSotrudniki rabotayut nad predotvrasheniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stansii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya
Sotrudniki rabotayut nad predotvrasheniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stansii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan ayol 9 mingdan ortiq odam ishtirok etgan diniy sekta yig‘ilishida ishtirok etganidan so‘ng koronavirus keskin tarqaldi.

TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasining to‘qson sakkizta holati Iso Sinchxondji cherkovi deb nomlangan diniy guruh a’zolarida tasdiqlandi, deb yozadi RIA Novosti Korea Times nashriga asosan.

Iranskie jenshini nosat zashitnie maski, chtobi predotvratit zarajenie koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (KCDC) xabariga ko‘ra,18-fevral, seshanba kuni Tegu shahrida 61 yoshli ayolda koronavirus bilar zaralanish xolati aniqlandi, u Tegu shahridagi kasallanish alomatlarini his qilishidan keyin va oldin mazhabga tashrif buyurgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, 9 va 16-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan mazhab yig‘ilishda 9 mingga yaqin kishi tashrif buyurgan va ularning barchasi koronavirus mavjudligiga tekshirilmoqda.

Seuldan 300 km janubiy-sharqda joylashgan Shimoliy Kensan provinsiyasi va Degu shahrida jami 111 ta yuqumli kasallanish holatlari qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 600 kishidan oshdi. Shu bilan birga, ulardan kamida 309 nafari (kasallanganlarning 55 foizi) Sinchxondji guruhining yig‘ilishlarida qatnashgan.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Shu bilan birga, guruhning o‘zi Sinchxondji cherkov ibodatlari va yig‘ilishlari vaqtincha to‘xtatilganligini e’lon qildi. Mazhabning Tegudagi filiali 19-fevralda yopildi. Shahar ma’muriyati mazhabning 1001 a’zosini tekshiruvdan o‘tkazdi, ularning 544 nafarida koronavirus alomatlari borligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, xizmatga tashrif buyurgan 2722 kishi hech qanday alomatlar yo‘qligini aytishdi, yana 343 kishi tekshiruvdan o‘tishni rad etishdi.

"Seul hukumati cherkovning karantin harakatlaridan qat’i nazar, shaharning barcha Sinchxondji obyektlarida karantin va dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazadi", dedi Seul meri Pak Vonsun.

Sinchxondji vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘z navbatida diniy guruh mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qiladi. Shunga qaramay, Internetda Sinchxondjini majburiy ravishda tarqatib yuborish to‘g‘risida onlayn-petitsiya joylashtirilgan, u 200 mingdan ortiq imzo to‘plagan va Prezident ma’muriyati tomonidan majburiy ko‘rib chiqilishi kerak.

Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
JSST rahbari koronavirus kimlar uchun o‘ta xavfligini ochiqladi

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 763 nafar fuqaro Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan va mazkur kasallikdan 7 kishi vafot etgan. Virus bilan kasallanganlarning aksariyati "Sinchxoji Iso cherkovi" diniy sektasining a’zolaridir.

Hozirgi vaqtda koronavirus epidemiyasining tarqalish darajasi va tezligi bo‘yicha Janubiy Koreya Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

Xitoyda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning tasdiqlangan soni 77 mingdan oshdi, ulardan 2442 kishi vafot etdi, 22 ming 888 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi. 

Yangiliklar lentasi
0