Samarqandda veterinarni o‘ldirgan o‘qituvchilar ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani.
Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan ikki o‘qituvchi uyga qaytayotgan vaqtida Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mudiri S.U. bilan janjallashib, uni urib o‘ldirgan.

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Samarqand shahri Payariq tumanida qotillik jinoyatini sodir etgan o‘qituvchilarga nisbatan sud jarayoni boshlandi, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Mujchina s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Nukuslik o‘qituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 mln o‘tkazdi

Payariq tumanidagi 40-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi S.A. hamkasbi, ammavachchasi B.X. bilan tergov tomonidan qasddan odam o‘ldirganlikda ayblangan va ikki o‘qituvchiga nisbatan sud jarayoni boshlangan.

Jinoyat ishidagi hujjatlarga ko‘ra, S.A. o‘tgan yil oktabr oyi oxirida 40-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, ya’ni ammavachchasi B.X. bilan Sh.Ch.ning xonadonida o‘tayotgan to‘y marosimida spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan ikki o‘qituvchi uyga qaytayotgan vaqtida Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mudiri S.U. bilan janjallashib, uni urib o‘ldirgan.

Sobiq o‘qituvchilarga nisbatan 2019-yilning 25-oktabrida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0