Surxondaryoda 2,6 milliard so‘m o‘zlashtirgan bandlik agentligi fosh etildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSentr zanyatosti
Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda Daniya va Shveysariyaga ishga jo‘natishni va’da berib 61 kishidan 45 million so‘mdan yig‘ib olgan bandlik agentligi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Surxondaryoda xorijga ishga yuborishni va’da berib katta miqdorda aholi mablag‘ini o‘zlashtirgan bandlik agentligi fosh etildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura departamenti.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
“Human” agentligidan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ, Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborishni va’da berib, 61 nafar fuqarodan 45 million so‘mdan jami 2,6 milliard so‘m mablag‘ yig‘ib olgan. Fuqarolarni ishga yubormasdan, ularning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019-yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 16 500 AQSh dollari hamda 125 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

ANiqlangan ushbu va boshqa qonunbuzarlik holatlari yuzasidan “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0