“Human” agentligidan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majburiy ijro buro, ATIB “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. “Human” xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, agentlik rahbari Sh.Fayzullayevning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni ularning hisob raqamlariga tezkorlik bilan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Majburiy ijro buro, ATIB “Ipoteka bank” hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

Jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi guruhlarni “Ipoteka bank” viloyat filiallarida faoliyat olib borishlari belgilangan.

Ushbu jinoiy yuzasidan jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolar quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) bilan murojaat qilishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, firibgar “Human” rahbari 10 yilga qamalgan edi. Undan 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0