Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahallasida koʻp yillik 81 ta daraxtlarning kesilganligi holati yuzasidan tekshirish oʻtkazildi.
Natijalariga koʻra Yakkasaroy tumani hokimligi va “B. And S.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 198-moddasi (Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayblanuvchilarga nisbatan garov ehtiyot chorasi qoʻllanilgan
Tergov davomida jami 1 mlrd. 891,3 mln. soʻm miqdorda yetkazilgan zarar undirilishi taʼminlandi.
Ilgari tadbirkor daraxtlarni noqonuniy kesib tashlagan yerda 150 ta yangi daraxt kūchatlari ūtqazilmoqda.