Jamshid Qo‘chqorov pensiya yoshi oshirilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJamshid Kuchkarov - Ministr finansov
Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vazirligi rahbari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda pensiyaga chiqish yoshi oshirilishi mumkinligi haqida tarqatilgan xabarlarga izoh berdi

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mahalliy internet segmentlarida tarqatilgan pensiya yoshining oshirilishiga doir mish-mishlarga izoh berdi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtiriladi?

"So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim. O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan", - deb yozgan o‘zining Tvitterdagi sahifasida Qo‘chqorov hamda ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.

​Sal oldin Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan pensiya yoshi oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirgan edi.

Qayd etilishicha, hozirda xorijiy mamlakatlarda pensiya ta’minotini, shu jumladan 3 bosqichli ta’minoti pensiya tizimini tashkil qilish tajribalari o‘rganilmoqda. Ishlab chiqilayotgan Konsepsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya mustahkamlashga xizmat qilib, asosiy e’tibor pensiya miqdorini oshirishga, iqtisodiy faol aholini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali qamrovini kengaytirishga qaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0