O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtiriladi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari pensiya tizimi qachon raqamlashtirilishi haqida hikoya qilib berishdi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtirilishi haqida bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari javob berishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotga o‘tayotganinini va yaqin kelajakda fuqaro pensiya jamg‘armasiga faqat pasport bilan kelib, u yerda pensiya rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi, degan edi. 

Djamshid Kuchkarov - Ministr finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Raqamli iqtisod nima  – Jamshid Qo‘chqorov javob beradi

Bugun ushbu mavzudagi savollarga O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari javob berishdi. 

Ularning aytishiga qaraganda, O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasida 2012-yildan buyon dasturiy majmua mavjud va u vazirlik hamda idoralar bilan integratsiya qilingan. 

Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi fuqarolar to‘layotgan soliqlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan Soliq qo‘mitasi bilan ham integratsiya qilishga tayyor ekanini bildirdi.  

Lekin asosiy muammo bu arxivlar va 2000-yildan oldingi yozuvlardir. "Afsuski bugungi kunda arxivlar qay ahvolda ekanini o‘zingiz bilasiz" , - dedi jamg‘arma xodimi. Shuningdek, ayrim idoralar hujjatlari yong‘in yoki suv toshishi oqibatida yaroqsiz holga kelib qolgani ham qayd etildi.

Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qog‘oz shaklidagi pensiya daftarchalari o‘tmishda qoladi

Bugungi kunda, mehnat daftarchasi - fuqaroning ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat. Lekin mehnat daftarchasidagi yozuvlarni pensiya tayinlash komissiyasi baholaydi. Zarur xollarda shubxali yozuvlar joyiga chiqib o‘rganishi yoki korxonalarda qo‘shimcha yozuvlar talab qilishi mumkin.

Nafaqa miqdori bahaolanganidan so‘ng. Komissiya tomonidan hisobga olinmagan davr buyicha qo‘yshimcha hujjatlar taqdim etishi yoki ma’muriy sudga murojaat qilishi mumkin.

Jamg‘arma mutaxassislari aytishiga qaraganda, ular 2020-yilning 1-apreliga qadar yangi pensiya tizimi konsepsiyasini ishlab chiqishmoqda. Konsepsiyada MDH, Yevropa va Osiyo davlatlarining eng ilg‘or tajribalari hisobga olinadi. Konsepsiya tayyor bo‘lganidan so‘ng u normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtiriladi. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0