Elor G‘aniyev MDH Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati rahbari bilan uchrashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovEler Ganiyev
Eler Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda joriy yil iyun oyida Rossiyaning Saratov shahrida o‘tishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Elor G‘aniyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati rahbari Buri Karimov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Beton yo‘llar O‘zbekistonda o‘zini oqlaydi – ekspert

"21 fevral kuni o‘tkazilgan uchrashuvda MDH Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati va MDHning transport bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish shuningdek, joriy yilning 24-26 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida “Avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash uchun texnologiya hamda uskunalar” mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuzasidan fikr almashildi", - deyiladi xabarda.

Mazkur konferensiyada MDH Hukumatlararo Yo‘lchilar kengashi faoliyati bilan bog‘liq masallar, xalqaro transport koridorlari va MDH davlatlarining xalqaro avtomobil yo‘llari holati va ularni yaxshilash, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi muammolar yechimi kabi masallar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda shuningdek, joriy yilning avgust oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati va qator vazirliklar bilan hamkorlikda Eron, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududi orqali Xalqaro avtosayohat (avtokarvon) tashkil etish masalasi muhokama etildi.  

Yangiliklar lentasi
0