Afg‘on mojarosida 10-yil ichida qancha inson qurbon bo‘lgan - BMT bayonoti

Obuna bo‘lish
MOONSA 2009-yilda tizimli hisob-kitobni boshlagan vaqtdan boshlab, fuqarolar orasida 100 mingdan ziyod qurbonlarni qayd etdi

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. BMTning Afg‘onistonga qat’iy ko‘mak missiyasi hisob kitoblariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilda afg‘on mojarosi davomida 100 mingdan ziyod odam jarohat oldi yoki halok bo‘ldi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar AQSh Afg‘onistonning urushdan keyingi rivojlanishida ishtirok etishiga rozi

2019 yilda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 10 mingdan oshib ketdi, deyiladi tashkilot bayonotida.

Undan sal oldin AQSh Davlat departamenti Davlat kotibi Mayk Pompeo nomidan AQSh 29-fevral kuni "Tolibon" bilan bitim imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. Tolo News telekanali toliblarga havola qilgan holda, "Tolibon" harakati 29-fevral kuni bitim imzolanishi haqidagi xabarni tasdiqlagani to‘g‘risida xabar qildi.

Bitim jumadan shanbaga o‘tar kechasi kuchga kirdi.

"MOONSA 2009-yilda tizimli hisob-kitobni boshlagan vaqtdan boshlab, fuqarolar orasida 100 mingdan ziyod qurbonlarni qayd etdi, 35 ming o‘ldirilganlar va 65 ming nafar jarohatlar, shular jumlasidan. Ammo mojaro ta’sir darajasi raqamlar doirasidan chiqmoqda, chunki bu yerda alohida odamlar, oilalar va hamjamiyatga uzoq vaqt davomida keng miqyosda yetkazilgan jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy zarar hisobga olingan", - deyiladi MOONSA bayonotida.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti saylovida "Yangi afg‘on patriotlari" g‘olib chiqdi - ekspert

Ta’kidlanishicha, 2019-yil davomida Missiya tomonidan tinch aholi o‘rtasida 10392ta qurollangan mojaro qurbonlari qayd etilgan. Shular orasida 3403 o‘ldirilgan va 6989 nafari jarohat olgan. Bu raqamlar 2018-yilgi ko‘rsatkichdan 5%ga kam, u vaqtda mojaro qurbonlarining umumiy soni 10994 nafarni tashkil etgan. Shu bilan birga, hozirgi ma’lumotlar "2013 yildan buyon tinch aholi o‘rtasida qayd etilgan umumiy qurbonlar darajasining eng past ko‘rsatkichini tashkil qiladi".

"IShID harakatlari tufayli tinch aholi o‘rtasida yo‘qotishlar soni qisqargan. Aholi o‘rtasida boshqa tomonlar faoliyati tufayli, ayniqsa, "Tolibon" harakati va xalqaro qurollangan kuchlar tufayli qurbonlar soni ko‘paygan", - deyiladi dokladda.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet "jang qilayotgan tomonlar bombalar, o‘q otishlar, raketa va qo‘lbola minalar portlashi tufayli ayollar, erkaklar va qizlar o‘limining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishlari kerak", deya bayonot qildi.

Yangiliklar lentasi
0