Iqtisod

Oʻzbekiston aviatsiya traffigining deyarli yarmi Rossiyaga toʻgʻri keladi

© Stringer Sputnik / Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda trafikning qariyb 40 foizi Rossiya bilan bogʻliq boʻlib, bu mamlakatdagi eng mashhur yoʻnalish boʻlib qolmoqda.

TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. Rossiya Oʻzbekistondagi eng mashhur aviatsion yoʻnalishdir, 2019 yilda oʻzaro yoʻlovchi tashish hajmi 2,2 million kishini tashkil etdi, bu respublikadagi umumiy havo transportining qariyb 40 %ini tashkil etadi, dedi Lufthansa Consulting ning Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi doimiy vakili Asxat Torshin.

"Hozirda Oʻzbekiston transport oqimining 40 foizga yaqini Rossiya bilan bogʻliq. Bu mamlakatning eng mashhur yoʻnalishi boʻlib qolmoqda", dedi Torshin Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics forumida.

Forumda Lufthansa Consulting tomonidan taqdim etilgan sharhga koʻra, soʻnggi sakkiz yil ichida Oʻzbekistonda havo qatnovi 36 foizga oʻsdi va 2019 yilda 5,8 million yoʻlovchini tashkil etdi, shu jumladan Rossiya shaharlariga 2,2 million kishi. Moskva eng mashhur yoʻnalish boʻlib qolmoqda - oʻtgan yili 1,3 milliondan ortiq yoʻlovchi.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
UzAirways va UzAirports: 2020 yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili boʻladi

Sharhda koʻrsatilishicha, 2019 yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining ustun mavqei (70%) holatida, Rossiyaning "Aeroflot" va "YUTeyr" aviakompaniyalarining Oʻzbekiston aviabozoridagi ulushi mos ravishda 6,6% va 5,4% ni tashkil etdi. "Rossiya aviatashuvchilari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tijorat reyslari sonini koʻpaytirish va toʻsiqlarni kamaytirishdan manfaatdordirlar", - dedi Torshin.

Lufthansa Consulting mutaxassislarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi aviatsiya bozorini liberallashtirish va havo transportini rivojlantirishning jiddiy dasturi, boshqa mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarning bozorga chiqishi sababli aviatsion oqimda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» ning ulushini 40-50 foizga qisqarishiga olib keladi.

Monopolist aviatashuvchi, milliy aviakompaniya – toʻlaligicha davlatga tegishli boʻlgan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" 90-yillarning boshlaridan beri Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatmoqda. Aviakompaniya tarkibiga mamlakatdagi barcha 11 fuqarolik aeroportlari kiritilgan.

2018 yil noyabr oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aviakompaniyani qayta tashkil etish va uning asosida alohida aktsiyadorlik jamiyatlari - Uzbekistan Airways, shuningdek, Oʻzbekiston ayeroportlarini boshqarish uchun Uzbekistan Airports tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorga imzo chekdi. 2019 yil davomida qayta tashkil etish jarayoni yakunlandi. Yanvar oyida Oʻzbekiston hukumati ichki va mintaqaviy bozorlarda ishlaydigan yangi Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0