UzAirways va UzAirports: 2020-yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” qo‘shma bayonot berdi. Unda so‘nggi yillarda mamlakat aviatsiya sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani va kelajakda qilinishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. 2020-yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi, deyiladi 2019-yilning oktabr oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK qayta tashkil etilishi natijasida tashkil etilgan “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” qo‘shma bayonotida.

“Barchaga ma’lumki, so‘nggi 30-yil davomida mazkur sohada deyarli hech qanday islohotlar amalga oshirilmadi. Buning oqibatida esa jiddiy muammolar to‘planib qoldi. Soha rivojiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagani va mutlaqo raqobat muhitining mavjud emasligi ortidan u monopoliya tamoyillari asosida rivojlandi. Tariflarning yuqoriligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining pastligi ham aynan shuning natijasidir. 2020 yil mamlakatimiz aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi deb umid qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi uch yilda aviatsiya bozorini liberallashtirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, sohaga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni zamon talablari darajasiga  ko‘tarish bo‘yicha mamlakat fuqaro aviatsiyasi sohasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.

yespublikaga qatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar soni 2017-yilda 15 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib ularning soni 23 taga yetdi.

© Uzbekistan Airways AJO‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish sohasidagi islohotlar
UzAirways va UzAirports: 2020-yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish sohasidagi islohotlar

2019 yilning oktabr oyidan e’tiboran Qarshi, Nukus, Termiz va Buxoro xalqaro aeroportlarida «beshinchi havo erkinligi” tartibini qo‘llagan holda, “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan. Ta’kidlanishicha, “Ochiq osmon” rejimi joriy etilishi birdaniga mamlakatga xorijiy reyslar sonining ortishi va parvozlar oqimining yuqori sur’atlarda ko‘payishida asosiy omil bo‘lib hisoblanmaydi.

Shavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta - Sputnik O‘zbekiston
"Islohotlar natijasi qani?": Mirziyoyev O‘zbekiston havo yo‘llarini tanqid qildi

“Hozirda mazkur aeroportlarga parvozlarni amalaga oshirishni tashkil etish yuzasidan “Turkish airlines”, “Isra air”, “Garuda”, “Aeroflot”, “IrAero”, “S7”, “Yakutiya”, “SCAT” va boshqa bir qator xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan kompaniyalar joriy yilning mart oyidan boshlab, “Ochiq osmon” rejimidan foydalangan holda Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Irkutsk, Krsanoyarsk, Olmota, Nur-Sulton, Aqtau yo‘nalishlarida  parvozlarni amalga oshirishni boshlashga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi. Shuningdek, Isroil va Turkiyaga parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, aeroportlar holatini yaxshilash rejalashtirilmoqda. UzAirways va UzAirports quyidagi yirik loyihalari haqida ma’lum qildi:

  • Samarqand xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali va uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilishi .

Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 500 nafar yo‘lovchidan 1,5 ming nafarga qadar ko‘tarilishi kutilmoqda.

  • Toshkent aeroportining o‘tkazuvchanlik holatini optimallashtirish va rekonstruksiya qilish

Loyiha Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. Natijada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati yiliga 4 milliondan 7 millionga ortadi.

  • Termiz xalqaro aeroportida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilishi;
  • Andijon aeroportining rekonstruksiya qilinishi

Bu barcha turdagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratib, amalga oshirilayotgan qatnovlar sonining 2-3 baravarga ortishiga olib keladi.

“Ushbu chora tadbirlar esa o‘z navbatida xorijiy aviatashuvchilar o‘rtasida mamlakatimiz aviatsiya sohasi jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.

Belgilangan tadbirlarni ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan holda sifatli bajarish maqsadida Jahon Banki ekspertlari jalb etilgan. Ular respublika aviatsiya sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishadi.

Shuningdek, aviatsiya sohasida raqobat muhitini kengaytirish, mamlakat ichki yo‘nalishlari va Markaziy Osiyo mintaqasi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ehtiyojlarini qondirish maqsadida yangi Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish ishlari olib borilayotgani eslatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0