Paxtachida yana bir toshdan oltin ajratib olish sexi fosh etildi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishDobicha zolota
Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan shaxslardan 237 dona qoplarda ma’lum miqdorda oltin moddasi bo‘lgan 4 tonna tog‘ jinslari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik.  Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida oltin bilan shug‘ullanib kelayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Dobicha uranovix rud v rudnike - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy kombinatidan 10 tonna ruda o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Unda fuqaro J.U. va boshqalar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ tizmasi hududidan tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xom ashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kavlab olishgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ular qazilma boyliklarni o‘zlari tashkil etgan yashirin sexda qayta ishlab, oltin moddasini ajratib olishgan va o‘z manfaatlari yo‘lida sotish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Ushbu holatlarga aniqlik kiritilgach, qo‘lga olingan shaxslardan 237 dona qoplarda tarkibida ma’lum miqdorda oltin moddasi bo‘lgan 4 tonna tog‘ jinslari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan shu tumanda qo‘lbola uslubda toshdan oltin moddasi ajratib olish sexi faoliyati oshkor qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0