Navoiy kombinatidan 10 tonna ruda o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishDobicha uranovix rud v rudnike
Dobicha uranovix rud v rudnike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kon ishchildaridan tashkil togan jinoiy guruh smena davomida rudani yashirincha to‘plab, uni kon hududidan olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Navoiy kon – metallurgiya kombinatidan tarkibida oltin va kumush bo‘lgan ruda o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.

Xabrada aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning iyun oyida 26 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh “Navoiy kon – metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi tasarrufidagi “Qoraqo‘ton” konidan jami 9930 kg rudani yashirin ravishda olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.

Jinoiy guruh o‘g‘irlagan ruda tarkibida 1176,96 gr. oltin va 1210,52 gr. kumush bo‘lgan, ularning qiymati 438 million so‘mdan ortiq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bo‘ficha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har bir shaxsga sodir etilgan jinoyatda ishtirokchilik darajasini hisobga olgan holda, qamoq jazosi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0