Iqtisod

Mirziyoyev turkiyalik ishbilarmonlarga barcha zarur sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami veduщix turetskix kompaniy i bankov
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami veduщix turetskix kompaniy i bankov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston kechagi Oʻzbekiston emasligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), “Gebze” uyushgan sanoat zonasi, “Ziraat” banki, “Zorlu xolding”, “Joshkunoz xolding”, “Ekzachibashi”, “Baykar” kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami veduщix turetskix kompaniy i bankov
Mirziyoyev turkiyalik ishbilarmonlarga barcha zarur sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Ankare provel vstrechu s glavami veduщix turetskix kompaniy i bankov

Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan oʻtgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga kelishib olinganini taʼkidladi.

“Oʻzbekiston kechagi Oʻzbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvda, shuningdek, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi taʼkidlandi. 

Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan podpisali ryad sovmestnыx dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi

Turkiyalik ishbilarmonlar oʻtgan yili Oʻzbekistonga borganliklari, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida oʻzgarishlarga, odamlarda "islohotlar tafakkuri"ga guvoh boʻlganini taʼkidladi. Oʻzbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi. 

Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy oʻquv yurtlari tashkil etish boʻyicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni maʼqullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga oʻtish, byurokratik toʻsiqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0