O‘zbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan podpisali rad sovmestnix dokumentov
Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan podpisali rad sovmestnix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi do‘stona aloqalar tarixida yangi sahifa ochdi.

 

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Anqara shahrida Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi do‘stona aloqalar tarixida yangi sahifa ochdi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, madaniy-gumanitar sohalarga oid ko‘plab masalalar atroflicha muhokama qilindi.

“Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi muloqotimizning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qiymati bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda,” – dedi Mirziyoyev.

Aksariyat mintaqaviy va xalqaro muammolar borasida, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar kengashi doirasidagi hamkorlikka yondashuvlar mushtarak ekani ta’kidlandi. Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ham muloqotni kuchaytirish lozimligi aytildi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPervoe zasedanie Uzbeksko-tureskogo soveta strategicheskogo sotrudnichestva
O‘zbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi - Sputnik O‘zbekiston
Pervoe zasedanie Uzbeksko-tureskogo soveta strategicheskogo sotrudnichestva

Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiya va O‘zbekistonning qo‘shma loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda besh milliard dollarga yetkazishga qaratilgan ustuvor vazifalar turibdi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan oshdi.

Muzokaralarda mamlakatlar hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Rejep Tayyip Erdog‘anni O‘zbekistonga taklif qildi.

Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi. Ular birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi. Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOfitsialniy priyem v chest Shavkata Mirziyoyeva i yego suprugi ot imeni Redjepa Erdogana
O‘zbekiston-Turkiya: qanday muhim hujjatlar imzolandi - Sputnik O‘zbekiston
Ofitsialniy priyem v chest Shavkata Mirziyoyeva i yego suprugi ot imeni Redjepa Erdogana
Yangiliklar lentasi
0