O‘zbekistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi – nimalar o‘zgarmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Uzbekistana
Vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda deputatlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasida 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari yaratilishi bo‘yicha qator normalar kiritilmoqda.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qabul qilingan qonun Senatga yuborildi. Senat ma’qullab, prezident imzolagandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llayotib, mamlakatda 1995-yildan buyon yashab kelayotgan, biroq fuqaroligi bo‘lmagan qariyb 50 ming vatandoshga fuqarolik berishni taklif qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0