TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 4 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.
Speedtest Global Index yanvar oyi ma’lumotlariga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab to‘ribdi va o‘tgan yili yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarilgan.
Yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston MDHning Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin) davlatlarnini ortda qoldirgan.
Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi ¬– 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/c gacha (2020 yil yanvar holatiga).
Mobil internet tezligini oshirishda ham O‘zbekiston bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Hozirgi kunda mamlakat 132-o‘rinni egalab, 2019-yil dekabr holatiga ikkita pozitsiyaga, yil yakuni bo‘yicha esa 5 pozitsiyaga ko‘tarildi.
Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.