Rahbarlari propiskaga iltimosnoma kiritadigan tashkilotlar soni ko‘paydi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiskaga kiritish bo‘yicha iltimosnoma kirita oladilar.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Qayd etilishicha, hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Unga ko‘ra rahbarlari xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ham kiritilgan.

Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirishga doir ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

Shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ham shu jumlasidandir.

Yangiliklar lentasi
0