TOShKENT, 19 fev — Sputnik. 20-fevraldan Xitoydan Rossiyaga ish, ta’lim, sayyohlik va shaxsiy maqsadlar bilan keluvchilarga Rossiyaga kirish vaqtinchalik taqiqlanadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror yangi koronavirusning olib kirilishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan. Tegishli farmoyish Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan.
Taqiq Xitoydan boshqa davlatlarga Rossiya aeroportlari orqali yo‘l oluvchilarga taalluqli emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishga qaror qilgani xabar qilingan edi.
COVID-2019
Xitoyda noma’lum pnevmoniyaning avj olishi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020-yil 19-fevral holatiga ko‘ra uni yuqtirganlar soni 75 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2012 kishini tashkil qilgan. 14634 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.