Hokimlarning har chorakda xalqqa hisobot berishini joriy etish taklif etilmoqda

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Petitsiya mualliflari hokimlar tele va radiokanallar orqali aholiga har chorakda hisobot taqdim etib borsa, jonli efirning o‘zidayoq xalq muammolariga yechim topiladi deb hisoblashmoqda.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Hokimlarning tele va radiokanallar orqali xalqqa hisobot taqdim etishi tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi petitsiya “Mening fikrim” ortaliga joylashtirilgan.

Uning muallifiga ko‘ra, ushbu tartibning joriy etilishi esa jamoatchilik orasida nazoratning kuchaytirilishiga turtki bo‘ladi.

Viveska na zdanii, v kotorom sdayutsya v arendu pomesheniya, v Omske. - Sputnik O‘zbekiston
Hokimlar turar joyni noturar joyga o‘tkazish huquqidan mahrum qilinishlari mumkin

E’tiborlisi, efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi, muammolari jonli efir vaqtida inobatga olinadi, yoki yechim topiladi.

Bundan tashqari xalq bilan samarali muloqot tashkil etiladi, ularga islohotlar mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar orqali yetkaziladi, rahbar xodimlar, hokimlarning mas’uliyati ortadi.

“Shu sababli viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman”, - deyilgan taklifda.

Yangiliklar lentasi
0