Xitoyda “koronavirusga uchragan” pullar yo‘q qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishKitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney
Kitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Banknotlarning bir qismi dezinfeksiyadan o‘tkazilib, 14 kunlik karantinga joylashtirladi. Guanchjoy bankidagi markaziy bank bo‘limi bunday qarorga keldi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Xitoy hukumati koronavirusni to‘xtatish bo‘yicha yangi strategiyani maqullashdi: “zaharlangan kupuralar” yo‘q qilinadi, boshqa qismi esa dezinfeksiya qilish haqida qaror qabul qilindi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

Bu haqda Global Times gazetasi Xitoy hukumat saytiga asosan xabar qildi.

Epidemiyaga eng ko‘p uchragan tumanlardagi shifoxona, bozor va jamoat transportidan olingan pullar yo‘q qilinadi. Yo‘q qilinadigan banknotalar miqdori haqida ma’lumot ochiqlanmagan.

Qolgan pullar ultrabinafsha nurlar yordamida dezinfeksiyadan o‘tkaziladi va ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

Yo‘qotilgan pul birliklar o‘rnini to‘ldirish uchun Xitoy markaziy banki yangi banknotalar ishlab chiqaradi. Xususan, yanvarda bank Uxanga yangi banknotalar shaklida 4 milliard yuan ajratdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirus bilan 73 ming kishi kasallandi, 1873 kishi halok bo‘ldi, 12,5 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, olimlar koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkinligini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0