TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Kelgusi o‘n yil ichida texnologiyalar sohasidagi kasblar eng dolzarb bo‘ladi, dedi HeadHunter matbuot xizmati rahbari Aleksandr Jabarov.
“Bular biomuhandis, biofarmakolog, bioinformatik, aqlli atrof-muhit loyihalashtiruvchi (dizayner), robototexnika bo‘yicha mutaxassis, kiber-xavfsizlik mutaxassisi, muqobil energiya mutaxassisi”, - dedi Jabarov.
Rekruting portali ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunning o‘zida bu sohadagi mutaxassislarga talab katta, va kelgusida ularning ahamiyati faqat oshadi.
Jabarov talabgor kasblar orasida neyropsixolog, dasturchilar, loyiha-muhandislar, 3D-chop etish muhandislari, virtual haqiqat me’mor va dizaynerlari.
“Bunday xodimlarning yetishmasligi sababli ular yuqori maosh va qulay sharoitlarni taklif qilishga tayyor”, - dedi u.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, yangi raqamli kasblarni onlayn va oflayn kurslarda, korporativ universitetlardagi maxsus dasturlarda, shuningdek texnologiya kompaniyalarida amaliyot davomida o‘zlashtirish mumkin.