TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Moskva taksi haydovchilarining maoshi standart sakkiz soatli ish kunida oyiga o‘rtacha 20-25 ming rublni tashkil qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.
14 Noyabr 2019, 16:49
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, umumiy daromaddan 3 foiz lizing to‘lovlari va sug‘urta (kasko va OSAGO), 4 foiz taksopark, 8 foiz – lizingga olingan mashina to‘lovini qoplash summa tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 23 foiz eskpluatatsiya va soliq harajatlarini tashkil qiladi. Shuningdek, 25 foiz agregartor o‘ziga oladi.
Natijada umumiy daromaddan 34 foiz haydovchida qoladi.
Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, 74 ming rubl daromad olish uchun taksischi 25 kun 12 soatdan (oyiga 300 soat) ishlashi kerak. Bunday ish grafigida YTH xavfi sezilarli darajada oshadi.